KAFEDRA MUDIRI
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00 - 16:00)
Telefon: +998 97 215-16-26
E-mail: hurshid5704@mail.ru
Kafedra tarixi
Kafedra 2018-yil sentyabr oyida “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi tarkibidan “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo’nalishi ajralib chiqib, shu yo’nalish asosida “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” kafedrasi tashkil qilindi.
Kafedrada 2 nafar texnika fanlari doktori professor, 3 nafar PhD, 5 nafar malakali katta o’qituvchi va 8 nafar assistentlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedraning 2 ta o’quv laboratoriya xonalalari zamonaviy elektron qurilmalari va jixozlari bilan ta’minlangan.
Yo’nalishning xususiyatlari:
O’lchash qurilmalari va vositalarini nazorati, o’lchashlar yagonaligini ta’minlash, maxsulot sifatini nazorat qilish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov ishlarini olib borishdan iborat.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:
60711300 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti
60711800 – Biotibbiyot muxandisligi
MAGISTRATURA
70711302 – Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR:
Bakalavriat:
MAGISTRATURA:
KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI
Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihal.
1. Texnik jixatdan tartibga solish, muvofiqlikni baxolash va mahsulot sifatini nazorati, ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti muammolari bilan shug‘urlanuvchi ilmiy markaz” mavzusidagi tijoratlashtirish loyihasi taqdimoti. Farg‘ona politexnika instituti ilmiy texnika kengashining №8 bayonnomasi 19.09.2022 yil.
2. № FZ-2020100661-sonli O‘zbekistoning tirli tabiy-iqlim mintaqalarida istemolchilar energiya taminoti uchun avtanom fotoelektrik stansiya-larining maqbul konfiguratsiyalarini asoslash uchun kombinasiyalashgan energiya saqlash va o‘zgartirish tizimlarni nazariy xisoblash va amaliy tatqiqotlar fundamital loyixada ishtrokchi.
Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining faoliyatining ustuvor yo’nalishlari
Kafedra tomonidan yarimo’tkazgichlar fizikasi, Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari va vositalari, Buzmasdan nazorat qilish usullari va vositalari, Noananaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalari yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo’nalishda faoliyat olib borilayotgan professor-o’qituvchilar tomoinidan ihtisosligiga mos bo’lgan tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy tadqiqot institutlari xodimlari bilan doimiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda..
Xo‘jalik shartnoma bo‘yicha pul tushirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish
Iqtidorli talabalar bilan ishlash holati.
Kafedraning salohiyatli professor o’qituvchilari rahbarligida 15 dan ortiq talabalar ilmiy taadqiqot ishlari bilan shug’ulanib kelishmoqda.Talaba va professor-o’qituvchilar korxona va ishlab chiqarish korxonalarida muammali xolatlarni bartaraf qilish, ularga maslaxat berish, normativ xuquqiy xujjatlarni shakillantirish bo’yicha ishlar olib borishmoqda. Shuningdek talabalarni bitiruv malakaviy ishi, kurs ishi va mustaqil ta’lim mavzulariga oid ishlar bilan turli korxona va tashkilotlar bilan xamkorliklar qilib borilmoqda.
Patent va Dasturiy vositalar yaratish yoki mualliflik huquqi olish
INNOVATSION G’OYALAR VA ISHLANMALAR
VAZIRLAR MAXKAMASINING O’QUV ADABIYOTLARGA BERILADIGAN GUVOXNOMA
1. Abdumalikova Z.M., Isroilova S.X., Kambarov J.X. Tovarlarning sifat ekspertizasi. O‘quv qo‘llanma.
2. Abdumalikova Z.M. Yo’nalishga kirish.
3. Turdialiyeva M. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti. O‘quv qo‘llanma.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi professor-o‘qituvchilarini shaxsiy ish rejalarida belgilangan quyidagi o‘quv-uslubiy ishlanmalar tayyorlangan va fakultet, institut uslubiy Kengashida ma’qullangan:
1. U.Madmarova - “Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti” fanidan ma’ruzalar kursi, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini olib borish uchun rus tilida uslubiy ko’rsatmalar.
2. N.Yu.Mamasodikova - “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” fanidan ma’ruzalar kursi, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini olib borish uchun rus tilida uslubiy ko’rsatmalar.
3. N.Yu.Mamasodikova - “Kattalik etalonlari va birliklar o‘lchamini uzatishning ilmiy asoslari” fanidan ma’ruzalar kursi, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini olib borish uchun rus tilida uslubiy ko’rsatmalar.
4. N.Yu.Mamasodikova - “Magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik ishini bajarish bo ‘yicha Magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik ishini bajarish bo ‘yicha uslubiy ko ‘rsatma.
5. S.Isroilova “Standartlashtirish asoslari” fanidan ma’ruza kursini va amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun o’zbek tilida uslubiy ko’rsatma.
6. A.Topvoldiyev “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan o’zbek tilida ma’ruzalar kursi.
7. E.Alixonov tomonidan “Intellektual o‘lchash asboblari” fanidan o’zbek tilida ma’ruzalar kursi.
8. J.Ibroximov tomonidan “основы метрологии” fanidan rus tilida ma’ruzalar kursi va amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatma.
9. I.Xasanov tomonidan “Standartlashtirish asoslari” fanidan ingliz tilida ma’ruzalar kursi va amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatma.
Kafedrasining ishlab chiqarish korxonalari bilan tizimli
integratsiyasini yo’lga qo’yish
Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti kafedrasi O’zbekiston Milliy metrologiya instituti” Farg’ona va Qo’qon filiallari, “UzTest” “O’zbekiston ilmiy-sinov va sifatni nazorati markazi” Farg’ona filiali, “Uzneftgazaloqa” Farg’ona ishlab chiqarish birlashmasi, O’zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti bilan ishlab chiqarishda kafedra filiali ochish bo’yicha shartnomalar imzolangan. Kafedra filialini ochish bo’yicha nizom ishlab chiqarilgan va tasdiqlangan.
Shartnomaga asosan “O’zbekiston milliy metrologiya instituti Farg’ona filiali”da asosan bitiruvchi kurs talabalariga “O’lchash usullari va vositalari”, “Maxsulot sifati nazorati”, “O’lchash vositalari qiyoslash va kalibrlash”, “Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti” fanlaridan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari olib borilmoqda.
“Farg’ona Tibbiy texnikalarga xizmat ko’rsatish markazi”da asosan 3-kurs talabalariga “O’lchash usullari va vositalari”, “O’lchash vositalarining elektromagnit usullari va vositalari” amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari olib borilmoqda.